Prezidentdan olgan maslahatim!
Bugun hayotimda yaxshi o’zgarishlar qildim: o’ziming birinchi shaxsiy ish stolim va kresloyimni xarid qildim. Kunni pozitiv va yaxshi ruhda o’tkazdim, ammo, ba’zi tugatilmagan ishlar yuragimni tirnashda davom etmoqda. Ular: “Zehnly”ning pivoti va bu yo’nalishdagi ilovalarning analiz va tahlillari. Jamoa bilan yangiliklarni bo’lishishda ham negadir muammo bor.

Shu kunlarda takror- takror eshitayotgan ushbu gapni yodimga muhrlashga harak qilyapman “Aytarli qandaydir natijaga erishmaslikning asosiy sababi bu tizim va intizomning yo’qligidir”
Yaqin kunlar ichida miyamda intizom va tartbli hayot haqida haqiqiy jang kechdi. Bir necha bor taritibsiz o’ylashdan keyin yozishga qaror qildim. Bundan bir necha kun oldin 30 iyun kuni prezident Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashuv bo’ldi. Ushbu uchrashuvdan menga eng qattiq ta’sir qilgan gaplar:
1. Agar maqsadingizga yetish yo’lidagi eng katta to’siq mehnat bo’ladigan bo’lsa mehnatdan qochmang.
2. Vaqtning qadriga yeting, yoshlik juda tez o’tadi. Hozir umringizning eng shijoat va energiyaga to’lgan vaqtidasiz. Bu energiya sizga butun hayot davomida faqat bir marta beriladi. Undan unumli foydalaning.
3. Besh varoq kitob o’qiganingizdan so’ng bir varoq yozing. Chunki yozish fiklaringizni ravon qiladi, go’yalaringizga aniqlik kiritadi.
To’grisi bularning ichida suyak-suyagimgacha singigan masahat ularning uchinchi gapi bo’ldi va shu sabab bo’lib, kechirayotgan tajribalarim va o’qigan kitoblarim asosida kundalik yoza boshladim.
Menimcha bu hayotimdagi eng yaxshi topilmalardan biri bu yozish bo’ldi. Muammoga duch keldingmi o’tirib yoz, bu insonni o’ylashga majbur qiladi. Stressga tushdingmi yana yoz, yozgan so’zlarning yelkangdagi yuklarni yengillatadi. Reja tuzmoqchimisan yana yoz, chalkashliklarni yechib, hayotingga tartib beradi.
Xullas, bugungi kun haqida shularni yozdim. Ertaga soat 4:30 da turishim kerak. Hayli tun!
